Qarorga muvofiq, o‘quvchilarni pedagogik kasbga yo‘naltirish maqsadida Andijon viloyati yetakchi ta'lim muassasalarining 10 tasida quyidagilar tashkil etiladi:

  • 3–4-sinf o‘quvchilari uchun “O‘qish va matematik savodxonlik bo‘yicha sinflar”;
  • 8–9-sinf o‘quvchilari uchun “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha sinflar”; 
  • 10–11-sinf o‘quvchilari uchun “Pedagogik sinflar”.

Avvalroq, Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etilishi haqida xabar (https://kun.uz/37057680) bergan edik.