Dubay politsiyasi “Arvoh” laqabi bilan tanilgan fransiyalik narkobaron Mufid Bushibini qo‘lga oldi, deb xabar berdi WAM agentligi. 

“Garchi fransuz detektivlarida Bushibining 20 yil ilgarigi fotosurati bo‘lsa-da, tezkor xodimlarimiz zamonaviy texnologiyalar yordamida uning yashiringan joyini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi”, – deya Dubay politsiyasi xodimi Jamol Salom al-Jallafning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda agentlik. 

Bushibi o‘n yildan buyon soxta hujjatlardan foydalanib yashirinib yurgandi. 

Tergovchilarning ma'lumot berishicha, u Yevropaga yiliga qiymati 82,6 mln dollarlik 60 tonna giyohvandlik moddasi olib kirish bilan shug‘ullangan.  

2015 yilda Bordo sudi uni sirtdan 20 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.