Transport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, bu elektron platformaning yaratilishi ariza beruvchiga bir martalik parvozlarni amalga oshirishi uchun ruxsatnomalar olishga onlayn so‘rov berish, “O‘zaviatsiya” agentligining “Uzbekistan airports” AJ va “O‘zaeronavigatsiya” markazi DUK bilan so‘rovlarni qayta ishlashda tezkor hamkorlik qilish, so‘rovlarni ko‘rib chiqish muddatlarini esa 24 soatgacha qisqartirish imkonini beradi.
2021 yil 15 fevraldan boshlab platforma onlayn, sinov rejimida ishga tushirildi. Xorijiy davlatlar fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining ekspluatantlari, O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi aerodromlariga bir martalik parvozlarni amalga oshirish uchun arizalarini quyidagi havola orqali berish imkoniyatiga ega.











