«Uzbekistan Airways» matbuot xizmati xodimi Habibulla Nabiyevning ma'lum qilishicha, joriy yilning 8-21 iyun kunlariga mo‘ljallangan reyslar jadvali rejalashtirilgan.
– Ayni vaqtda ro‘yxatdagi charter reyslar bo‘yicha turli davlatlardagi aeroportlar va tegishli tashkilotlar bilan kelishuvlar muvofiqlashtirilmoqda.
Xorijdagi fuqarolarimizdan reyslarning aniq sana va soatlarini bilmay turib aeroportlarga borib olmasliklari so‘raladi. Chunki bir joyda to‘planib ortiqcha kutib qolish noqulaylik tug‘dirishi bilan birga karantin qoidalariga ham zid hisoblanadi, – dedi H. Nabiyev.
Muhim eslatma:
Turli sabablarga ko‘ra uchish-qo‘nish vaqtlari o‘zgarishi mumkin, aniq vaqt aviakompaniya saytida kunlik rejimda e'lon qilib boriladi!












