G‘ofurjon Mirzayev 15 yanvarga o‘tar kechasi Tojikiston hududidagi Qayroqqum suv ombori yorilishi natijasida suv toshqini sodir bo‘lgani to‘g‘risida yolg‘on xabarlar tarqalgach, viloyat hokimi hududlarda yurib, aholini vahimaga berilmaslikka va uylariga qaytishga chaqirgandi.
Eslatib o‘tamiz, 9 yanvar kuni Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov sog‘lig‘ini tiklash maqsadida ta'tilga chiqqani ma'lum qilingandi. U hamon Toshkent shahrida davolanishda qolmoqda.










