Ma'lum qilinishicha, 28 dekabrda Bimini orolini tark etgan motorli qayiq shu kuni 130 km uzoqlikdagi Uort ko‘liga kelishi kerak bo‘lgan.
Biroq 29 dekabrda sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati qayiq belgilangan vaqtda portga kelmaganidan ogohlantirilgan.
Shundan keyin ikki davlatdan qidiruv jamoalari 44 ming kvadrat kilometr hududda qidirish ishlarini olib borgan, biroq besamar urinishlardan keyin 1 yanvarda ularni to‘xtatishga qaror qilingan.











