«O‘tkir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan 5 mingdan ortiq bemor ilk bor bepul gemodializ xizmati bilan qamrab olinadi va shu maqsadlar uchun budjetdan 140 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Shuningdek, endokrin kasalliklarni aniqlash va davolash maqsadida hududiy shifoxonalarda maxsus bo‘limlar tashkil etiladi. Buning uchun 2021 yilda budjetdan 150 mlrd so‘m ajratiladi.
Hozirgi kunda 12 mingdan ziyod fuqarolarimiz oqqon va og‘ir irsiy gematologik kasallliklardan aziyat chekmoqda. Kelgusi yilda onkogematologiya sohasi hamda davolash qiyin bo‘lgan kasalliklar bo‘yicha murakkab diagnoztika va tibbiy amaliyot uchun budjetdan 250 mlrd so‘m ajratiladi.
Yana bir masala. Aholimizning katta qismini qiynaydigan o‘tkir qon-tomir kasalliklar bo‘yicha 35ta tumanlararo markaz tashkil etamiz. Ushbu markaz aholiga infarkt va insult holatlarida tezkor va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish orqali o‘lim va nogironlikni kamaytirishga xizmat qiladi. Shu tariqa, har yili kamida 30 ming nafar insonning hayoti saqlab qolinadi», degan davlat rahbari.









