Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga deputatlar tomonidan Alisher Erkinovich Maqsudov nomzodi tasdiqlandi.
Endi u prezident tomonidan lavozimga tayinlanishi kutilmoqda.
Alisher Maqsudov 1974 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
U 2017 yildan shu kunga qadar «O‘zpaxtasanoat» AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelgan.
- Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga 2020 yil martidan raislik qilgan Shavkat Abdurazzoqov shu yil sentyabrida Namangan viloyati hokimi lavozimiga tayinlangandi.











