Ma'lum bo‘lishicha, bir ayolning boshi uzib tashlangan. Fransiya Ishchi ishlar vaziri Jyerald Darmanen Tvitterdagi sahifasida yozishicha, voqea joyida politsiya ishlamoqda. Shuningdek, vazir mamlakat ichki ishlar tizimidagi favqulodda vaziyatni nazorat qilayotganini aytgan.
Guvohlarning aytishicha, qurollangan shaxs ertalab cherkovga borayotganlarga hujum qilgan va bir ayolni cherkovning o‘zida o‘ldirgan. Yana bir ayol jinoyatchidan qochib, cherkov yonidagi kafega yashiringan va o‘sha yerda o‘ldirilgan. O‘lganlardan yana biri erkak kishi bo‘lgan.
Qurolli hujumni amalga oshirgan shaxs qo‘lga olingan. Nitssa meri Kristian Estrozining aytishicha, qurolli hujumni amalga oshirgan shaxs qo‘lga olinayotgan vaqtda yaralangan. Emmanuel Makron voqea joyiga yetib borgan.
Makron voqea joyidan bayonot berdi va sodir bo‘lgan voqeani terror deb atadi. Uning aytishicha, mamlakatdagi maktablarda xavfsizlik kuchaytiriladi va 7 minggacha askar xavfsizlikni ta'minlashga jalb qilinadi.











