24-25 sentabr kunlari Toshkent - Tokio - Toshkent yo‘nalishida charter repatriatsiya reysi amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq bir oy mobaynida amalga oshirilishi belgilangan charter repatriatsiya reyslari jadvaliga qo‘shimcha kiritildi.
Unga ko‘ra, Yaponiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish maqsadida joriy yilning 24-25 sentabr kunlari Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent - Tokio - Toshkent yo‘nalishida parvozni amalga oshiradi.











