Uchrashuvning 45-daqiqasida Benzemaning chiroyli uzatmasidan unumli foydalalangan Kazemiro hisobni ochib, yakunda «Real»ga uch ochko keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
Natijada, ochkolari sonini 71taga yetkazgan Zineddin Zidan shogirdlari «Barselona»ning «Selta» bilan o‘yinda ochko yo‘qotganidan (2:2) foydalanib, chempionlik kurashidagi farqni ikkita ochkoga yetkazib qo‘yishdi.
La Liga. 32-tur. 28 iyun
Espanol – Real Madrid 0:1
Gol: 0:1 – 45 Kazemiro.
Espanol – Diyego Lopes, Kabrera, Viktor Gomes, Espinosa, David Lopes (Losano, 84), Embarba (Kaleri, 69), Darder (Melamed, 69), U Ley (Melendo, 57), Roka, Didak Vila (Pedrosa, 46), de Tomas.
Real Madrid – Kurtua, Karvaxal, Varan, Marselo, Ramos, Kazemiro, Kroos, Isko (Rodrigo, 64), Valverde, Azar (Vinisius Junior, 63), Benzema.












