Bu haqda Flinders universiteti professori Nikolay Petrovski ma'lum qildi. 

Olimlar bir qator tirik organizmlarning koronavirusga ta'sirchanligini tahlil qilishgan va unga avval taxmin qilinganidek ko‘rshapalaklar emas, balki aynan insonlar eng ko‘p chalinishga moyilligini aniqlashgan. 

Ularning ta'kidlashicha, viruslarga biror organizmga moslashish uchun odatda muayyan vaqt kerak bo‘ladi, koronavirus esa insonni zararlash uchun darhol ideal mos kelgan. Bu esa koronavirusning “sun'iy kelib chiqqani” haqida savollar paydo bo‘lishiga turtki bo‘ladi.