“Aksariyat migrantlar til bilmasdan, kasb bilmasdan chet elga borishmoqda va qiyinchiliklarda qolishmoqda. Boshqa davlatning qonunlarini bilmasdan, o‘zlari bilmagan holda qoidabuzarliklar qilishmoqda. Buning oqibatida esa davlatdan chiqarib yuboradigan deportatsiyalar olishmoqda", dedi u.
Baxtiyor Tursunovning aytishicha, deportatsiya migratsiya qonunchiligida belgilangan tartibga amal qilmaganda, ya'ni mehnat qilish huquqini beruvchi hujjatsiz ishlaganda, o‘zi faoliyat yuritayotgan davlatning qonun-qoidalarini buzganda yoki boshqa shunga o‘xshash holatlarda yuzaga keladi. Deportatsiya ikki bosqichda amalga oshiriladi. Bunda uch kun mobaynida ixtiyoriy ravishda davlatdan chiqib ketish deporti va uch kundan keyin sud orqali deportatsiya qilish ishlari amalga oshiriladi.
Matbuot anjumanida migrantlarning hayoti, ish sharoitlarini bilish va ularga huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2019 yili Rossiyada beshta konsullik idorasi tashkil qilingani, ular migrantlarning axvolini o‘rganish bilan bir qatorda turli xil jinoyatlar bilan qamoqqa tushganlarni bir yilda ikki-uch marta ko‘rib, yashash tarzini o‘rganib kelayotgani ma'lum qilindi.
Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2019 yilda 102 nafar hamyurtimiz og‘ir vaziyatga tushib qolgani aniqlangan, 308 nafar mehnat muhojirining jasadi vatanga qaytarilgan.










