Jannarelly Design-1 UK Edition sportkari 5 ta rangda – kulrang, qizil, ko‘k, oq va yashil ranglarda taqdim etilgan.

Sportkar kupe ko‘rinishida ishlangan. U olib qo‘yiluvchi tom bilan jihozlangan. 

Mashinada 325 ot kuchiga ega 6 silindrli dvigatel va 6 pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi o‘rnatilgan.

Arab sportkari 100 km/soat tezlikka 4 soniyada erishadi, maksimal tezligi 220 km/soatgacha yetadi. 

Design-1’ning narxi 115 549 funt sterlingni (150 300 dollar) tashkil qiladi.