"Iroq xavfsizlik kuchlari xodimlari yakshanba oqshomidan boshlab amerikalik dushman harbiy bazalaridan kamida bir kilometr uzoqda bo‘lishlari lozim", - deyiladi bayonotda.
Shanba kuni Bag‘dodda uch marta raketa hujumi yuz berdi: shahar markazida – AQSh elchixonasi yaqinida, al-Jadriya tumanida va poytaxt shimolida joylashgan "Balad" harbiy bazasi joylashgan hududda. Qurbonlar va jarohatlanganlar to‘g‘risida hozircha ma'lumot berilmadi.
2 yanvardan 3 yanvarga o‘tar kechasi Bag‘dodda AQSh aviazarbasi natijasida Eronning "Quds" maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy va shialar qurolli guruhi rahbari o‘rinbosari Abu Mahdiy al-Muhandisning o‘limidan so‘ng Iroqda vaziyat keskinlashdi.
Turli manbalarga ko‘ra, amerikalik harbiylar Iroqdagi bir nechta harbiy bazalardan foydalanadi. Ular Iroq janubi, mamlakat shimolidagi Iroq Kurdistoni va poytaxt yaqinida joylashgan.












