«Suratga ko‘ra, barcha hayvonlar va qushlar o‘ldirilgan. Shuni ta'kidlash kerakki, vishildoq oqqush ham O‘zbekiston Qizil kitobiga, ham Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan», - deya xabar bergan Ekologiya qo‘mitasi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, hayvonot olamiga yetkazilgan umumiy zarar 12 million so‘mdan oshadi.
Suratdagi yigitning shaxsini aniqlash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rish uchun barcha mavjud ma'lumotlar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan fotosurat Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturaga yuborildi.
Ushbu holat Ekologiya qo‘mitasi nazorati ostiga olingan. Keyingi barcha ma'lumotlar qo‘mitaning rasmiy veb-saytida e'lon qilinishi aytiladi.
Bundan oldin, Qashqadaryoda qo‘ng‘ir ayiqning o‘ldirilishi bo‘yicha tafsilotlar ma'lum qilingandi.











