Uchrashuv «Skolkovo» innovatsion markazi bilan hamkorlik o‘rnatish, innovatsiya hamda axborot-kommunikatsiya sohalaridagi istiqbolli loyihalar muhokamasiga bag‘ishlandi.

Tomonlar uchrashuv davomida, shuningdek, O‘zbekistondagi startap loyihalari «Skolkovo» innovatsion markazida o‘tkaziladigan demo-kunlarda ishtirok etishini muhokama qildilar.

O‘zbekistonda startaplarni qo‘llab-quvvatlashga, bu sohadagi tajribalar bilan o‘rtoqlashishga, «Skolkovo»dagi xalqaro gimnaziyasida yoshlarni o‘qitish, o‘zbek mutaxassislarining malakasini oshirishga kelishildi. 

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati

Jamg‘arma raisi A. Dvorkovich kelgusi yilning ikkinchi yarim yilligida startap turne o‘tkazish rejalashtirilganini va bu turne doirasida «Skolkovo» innovatsion markazining yetakchi mutaxassislari O‘zbekistonga borib, startap ekotizimi vakillari uchun o‘quv kurslari tashkil etishlarini ma'lum qildi.

Keyingi aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish maqsadida Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va «Skolkovo» jamg‘armasi raisi Arkadiy Dvorkovich hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzoladilar.