U yarimfinalgacha barcha raqiblarini mag‘lub etib, final ostonasida fransiyalik K.Validega yutqazib qo‘ydi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda braziliyalik Pelim Felippe ustidan ippon bahosi bilan ustun keldi. Sharofiddin Lutfillayev esa 3-davrada rossiyalik Abuladze Yagoga yutqazib musobaqani tark etdi.


Bu vaznda turnir g‘olibligi qozog‘istonlik Gusman Qirg‘izboyevga nasib qildi. Ikkinchi bronza medaliga Abuladze Yago ega chiqdi.

-66 kgli polvonlar bellashuvlarida italiyalik Manuel Lombardo (oltin), ozarboyjonlik O‘rxan Safarov (kumush), kubalik Orlando Polanso va koreyalik An Baul (bronza) sovrindor bo‘ldi.
O‘zbekistonlik Shahram Ahadov va Sardor Nurillayev 2-davradan turnirdagi ishtiroklarini to‘xtatishdi.

Ayollar o‘rtasida -48 kg vaznda ikki karra jahon chempioni ukrainalik Daria Blodidga teng keladigan raqib topilmadi. Keyingi o‘rinlar sloveniyalik Marusa Stangar (kumush), portugaliyalik Katarina Kosta va Germaniyalik Katerina Menz (bronza) larga nasib etdi.



-52 kg vaznda Majlinda Kelmendi (oltin) Odetta Giuffrida (kumush) Park Da Sol va Chelsi Giles (bronza) shohsupadan joy oldi.
Bu vaznda ishtirok etgan o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova 2-davrada turnirni tark etdi.


-57 kg vaznda Kim Jin A (oltin), Sara Leoni (kumush), Diana Djigaros va Kim Jandi (bronza) shohsupaga ko‘tarildi.











