Serialni suratga olish bilan MDHdagi telekontent ishlab chiqaruvchi eng yirik kinokompaniya Star Media shug‘ullanadi. Serialning birinchi fasli 6 ta seriyadan tashkil topib, unda XVII asrdagi geosiyosat, hokimiyat va muhabbat voqealari gavdalanadi.

Serialni suratga olish ishlari Toshkentda muhokama qilindi. Uchrashuvda xorijiy kompaniyadan uning asoschisi va bosh prodyuseri Vladislav Ryashin va uning hamkori – fransuz-amerika prodyuseri Jan Sharl Levi (“Al-Quds”, “Poyga” va “Arvohlar mamlakati” filmlari) ishtirok etgan.

Shuningdek, Star Media Rossiyaning Birinchi kanali bilan birgalikda 2020 yilda O‘zbekistonda yana bir loyihani – “Toshkent – non shahri” filmini suratga olishni amalga oshirmoqchi. Ushbu film rejissyor Shuhrat Abbosovning filmi remeyki hisoblanmaydi. Unda umuman yangi voqea haqida so‘zlanadi.