Unda prezident ko‘plab masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Selektorda so‘zga chiqqan Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev bu yil paxta yaxshi bo‘layotgani, uni yetishtirish uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini aytdi.

«Bu yil paxtada suvdan ham, o‘g‘itdan ham muammo bo‘lmadi. Zararkunandalardan tozalash uchun ham 14 milliard so‘m oldik», — dedi Qashqadaryo viloyat hokimi.

Prezident Ro‘ziyevning paxta haqidagi gaplaridan so‘ng barcha hokimlarga bu yil paxta terimiga budjet tashkilotlari jalb qilinmasligini eslatib o‘tdi.

«Bu yil paxta [terimi]ga maktab, institut — umuman, birorta budjet tashkilotlari olib chiqilmaydi, eslaringdan chiqmasin», — deb Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.