Hozirga kelib qalampir eksporti hajmi keskin oshgani ma'lum bo‘ldi. O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston 51 mln dollarlik qalampir eskport qilgan. Bu qiymat 2018 yilning shu davriga nisbatan 13,4 barobar ko‘proqni tashkil qilgan.

Bundan tashqari, achchiq qalampir eksporti o‘sishda davom etmoqda: joriy yanvar-mart  oyida u 25 mln dollarni tashkil qilgandi.

Qalampir eksporti pul hisobida yengil avtomobillar (18,6 mln dollar), qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari (22 mln dollar), ko‘nchilik xomashyosi (26,3 mln dollar) va hattoki elektr energiya (47,2 mln dollar) eskportini ortda qoldirgan, vaholanki mart oyida bir necha million dollarga kamroqni tashkil qilayotgandi.