Prezident ma'muriyati rahbarining o‘rinbosari Ruslan Ryaboshapkaning so‘zlariga ko‘ra, Chernigov, Xmelnitskiy, Xerson, Ternopol, Sum, Poltava, Odessa, Nikolayev, Lvov, Kirovograd, Kiyev, Ivano-Frankovsk, Zaporoj, Zakarpat va Volin oblastlari rahbarlari iste'foga chiqarilgan.

Avvalroq Zelenskiyning matbuot kotibi Yuliya Mendel prezident barcha gubernatorlarni almashtirish zarur deb hisoblayotganini ma'lum qilgandi.

5 iyun kuni Ukraina hukumati 13ta oblast rahbarini iste'foga chiqarishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.