OAVning ma'lum qilishicha, tibetlik qutqaruvchilar alpinistni 7,5 ming metr balandlikda, Everest tog‘i yonbag‘rida topishgan. U og‘ir ahvolda bo‘lgan.
Avvalroq Himalayan Times gazetasi Nepal turizm departamenti vakiliga tayanib, may oyi boshidan buyon Everestda kamida 10 kishi halok bo‘lganini yozgandi.
Nepal OAVning yozishicha, alpinistlarning halokatiga o‘ta og‘ir ob-havo sharoiti va yo‘nalishlarida uchraydigan "tirbandliklar" sabab bo‘lgan.











