Unda "Manchester Siti" o‘z uyida "Lester"ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona gol 70-daqiqada Kompani tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, "Siti" ochkolari sonini 95taga yetkazib oldi va "Liverpul"dan 1 ochko ko‘proq to‘plagan holda peshqadamga aylanib oldi.
Manchester Siti – Lester 1:0
Gol: 1:0 – 70 Kompani.
Manchester Siti – Ederson, Laport, Kompani, Uoker, Zinchenko, Silva (Stounz, 90), Gyundogan, Bernardu Silva, Foden (Sane, 56), Sterling, Aguero (Gabriel Jyezus, 87).
Lester – Shmeyxel, Maguayr, Rikardu Pereyra, Chiluell, Evans, Chouduri, Ndidi, Olbrayton (Grey, 85), Tilemans (Barns, 75), Meddison (Ixeanacho, 80), Vardi.
Ogohlantirishlar: Silva (22), Maguayr (35), Kompani (44), Gabriel Jyezus (89), Ixeanacho (90).











