3 may kuni Hindistonning Odisha shtati va 5 may kuni Bangladeshda katta talofatlarga olib kelgan “Fani” sikloni sodir bo‘ldi. O‘nlab insonlar halok bo‘ldi, ko‘plab binolar vayron bo‘ldi.
“Shu munosabat bilan konsullik-huquqiy deparatamenti Hindiston va Bangladeshning “Fani” sikloni yuz bergan hududlarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini ehtiyot bo‘lishga chaqiradi va mamlakatimizning Nyu-Dehlidagi elchixonasining (9111) 24670774, 24670775, 24105640 telefon raqamlarini eslatib o‘tadi”, deyiladi TIV murojaatida.
Eslatib o‘tamiz, “Fani” sikloni oqibatida Hindistonda 33 kishi, Bangladeshda 12 kishi halok bo‘ldi, xavfli hududdan ikki millionga yaqin kishi evakuatsiya qilindi.











