“Biz ishlamoqdamiz va bizda sohilbo‘yi hududlaridan odamlarni evakuatsiya qilish uchun hali vaqt bor”, deb aytgan shtat rahbariyati vakili.
“Fani” sikloni Bengal ko‘rfazi tomondan harakatlanmoqda va o‘zi bilan birga kuchli yog‘ingarchilik, tezligi 200 km/soatga yetuvchi shamollar olib kelmoqda. Turli baholashlarga ko‘ra, bu Odisha shtatiga 2014 yildan beri yopiriladigan eng kuchli siklon bo‘ladi. Shamol va yomg‘ir odamlar hayotiga xavf solmoqda, 1999 yilda shunday dovul vaqtida 10 mingdan ko‘proq kishi halok bo‘lgan. Shu sababli sohilbo‘yidagi qishloqlardan odamlarni evakuatsiya qilishga qaror qilingan.
Ta'kidlanishicha, tabiiy ofat g‘alla ekinlariga, mevali daraxtlar plantatsiyalariga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin, inshootlar, elektr uzatish liniyalariga xavf soladi. Shuningdek, yomon ob-havo qo‘shni shtatlar – Andxra-Pradesh va G‘arbiy Bengaliyani ham qamrab olishi mumkin.











