Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, Assanj Morenoning o‘ta hashamatli mehmonxona yotog‘idagi fotosuratini internetda e'lon qilgan. Qayd etilishicha, prezidentning yonida tansiq ovqatlar bilan to‘la stol bo‘lgan.
Bundan tashqari, WikiLeaks asoschisi 200dan ortiq shaxsiy elektron maktublar hamda Moreno va uning rafiqasi yozishmalarini joylashtirgan, deb yozadi gazeta.
Bundan oldin, Avstraliya Assanjga «maxsus» yordam taqdim etishdan bosh tortgandi.












