Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, jurnalist mahbuslar orasida “britan Guantanamosi” deb nom olgan “Belmarsh” turmasiga yetkazilgan.
Bu turma A toifadagi turmalarga tegishli bo‘lib, xavfli jinoyatchilar, jumladan terrorchilik faoliyatida gumon qilinganlar yoki u bo‘yicha sudlanganlar uchun mo‘ljallangan turma hisoblanadi.
Ushbu turmada o‘z vaqtida tarihdagi eng katta o‘g‘riliklardan birini sodir etgan Ronni Biggs, misrlik radikal mafkurachi Abu Hamza al-Masriy, Bosniya hududida etnik tozalashlarni tashkillashtirishda ayblangan serbiyalik Momchilo Kraishnik jazoni o‘tagan.
Boshqa bir ma'lumotlarga ko‘ra, Assanj London janubi-g‘arbidagi “Uandsvort” turmasiga jo‘natilgan. U bu yerda 2010 yilda garovga chiqarilishidan oldin 10 kun o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan. Bu turma B toifaga mansub bo‘lib, biroz yumshoqroq tartibga ega.












