Prezident qarori asosida tashkil etilgan Markazlarda xalqaro tajribalarga tayangan holda zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarga o‘z vaqtida manzilli yordam ko‘rsatish va ularni himoya qilish, o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvor paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oldini olish kabi ishlar amalga oshiriladi.

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati

Markazlarda zo‘ravonlik qurboniga aylangan ayollar uchun shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko‘rsatish, zarurat bo‘lganda, ularga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish ishlari tashkil etilgan. Shuningdek Markaz faoliyati doirasida ayollarni u yoki bu kasbga tayyorlash bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi.

Xuddi shunday reabilitatsiya markazlarini Sergeli-Yakkasaroy, Shayxontohur-Olmazor, Uchtepa-Chilonzor tumanlararo markazlari sifatida ochish rejalashtirilgan.

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati
Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati

Shelterlar joylashgan aniq manzillar ayollarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida sir tutiladi.

Og‘ir ahvoldagi ayollarga yordam berish maqsadida Respublika doirasida yagona qisqa 1146 raqamli ishonch telefoni ishga tushirilgan.