Uchrashuvning birinchi bo‘limining 13-daqiqasida mezbonlardan Glushakov tomonidan urilgan golga, 27-daqiqada Barrios javob qaytardi. O‘yin so‘ngiga qadar hisobda o‘zgarish bo‘lmadi.

Peterburg klubi Rossiya chempionatida ikkinchi o‘rinda borayotgan TsSKAdan 5 ochkoga o‘zgan holda turnir jadvalida karvonboshilik qilmoqda. «Spartak» esa 33 ochko jamg‘argan holda 5-o‘rinda bormoqda.

Rossiya Premer-ligasi. 20-tur

«SPARTAK» (Moskva) – «Zenit» (Sankt-Peterburg) 1:1 (1:1)

Gollar: Glushakov (13) – Barrios (27).

«Spartak»: Selixov, Kutepov, Jikiya, Rasskazov, Ayrton, Melgarexo (Lomovitskiy, 79), Tashayev (Glushenkov, 73), Glushakov (Umyarov, 85), Zobnin, Xanni, Luis Adriano.

«Zenit»: Lunev, Smolnikov, Ivanovich, Rakitskiy, Kuzyayev, Jirkov, Rigoni (Ozdoyev, 87), Noboa (Driussi, 56), Barrios, Dzyuba, Ozmun (Shatov, 74).

Ogohlantirishlar: Jikiya (34), Smolnikov (45), Ozmun (55), Zobnin (57), Glushakov (61), Xanni (86), Barrios (90).