O‘zbekistonda shuningdek sportni yanada rivojlantirish maqsadida 12 500 kishiga mo‘ljallangan Humo Arena sport kompleksi qurildi.

15 mart kuni ochilishi rejalashtirilayotgan asosiy arenada basketbol, voleybol, gandbol, futzal uchrashuvlarini, boks, taekvando, short-tek, figurali uchish, kerling musobaqalari hamda konsert dasturlarini o‘tkazish mumkin. Arenaga konsert zali holatida 10 000 tomoshabinni sig‘dirish mumkin bo‘ladi.
Kichik arenaning sig‘imi esa 200 kishiga mo‘ljallangan bo‘lib, xokkey uchun mashq arenasi vazifasini bajaradi, shu bilan birga, xohlovchilar uchun ommaviy uchishlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.











