Ta'kidlanishicha, bunday g‘ishtlarni birinchilardan bo‘lib demokratlarning vakillar palatasi va senatdagi yetakchilari Nensi Pelosi va Chak Shumer oladi.
“Prezident Tramp Chak va Nensida Amerika xalqiga quloq solishdan boshqa iloj qolmaydigan ajoyib g‘oyani bildirdi. Biz devor g‘oyasi ishlayotganini isbotlash uchun ularning ofislariga 100 mingta g‘isht jo‘natishni oldimizga maqsad qilib qo‘ydik”, deyilgan xabarda.
Ma'lum qilinishicha, bir g‘ishtni sotib olish va demokratlarga jo‘natish 20 dollarga tushadi.











