Qayd etilishicha, 2019 yil 1 mayga qadar tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
litsenziya beruvchi organlar tomonidan litsenziya oluvchilarni majburiy o‘qitish yoki malakasini oshirish tartibini qayta qo‘rib chiqish;
xususiy tadbirkorlik sub'yektlari rahbarlari va xodimlarini tayinlashni litsenziya va ruxsatnoma beruvchi davlat organlari bilan kelishish tartibini qayta ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.
Ijro uchun mas'ullar - Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq iqtisodiyotda davlat aralashuvi yanada kamaytirilishi xabar berilgandi.











