Termizning «Surxon» klubi Ilhom Mo‘minjonovning bosh murabbiy qilib tayinlanganini e'lon qildi.

O‘tgan mavsumda Namanganning «Navbahor» klubida ishlagan mutaxassis endi Surxondaryo viloyati jamoasiga ustozlik qiladi. 

«Surxon» yangi mavsum oldidan yig‘inni 5 yanvar kuni Toshkentda boshlashni rejalashtirmoqda. Klub Superligaga chiqishni maqsad qilib olgan.