«Atletiko» o‘z maydonida «Espanol» bilan o‘ynadi va Grizmanning penaltidan urgan yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

Bu natijadan so‘ng, «Atletiko» 34 ochko jamg‘arib, peshqadam «Barselona»ga yetib oldi. «Espanol» 21 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

La Liga, 17-tur
Atletiko – Espanol 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 – 56, penalti Grizmann. 
Atletiko – Oblak, Godin, Savich, Aryas, Rodri Ernandes, Saul, Koke, Parti (Jyelson Martinsh, 77), Korrea (Montero, 72), Kalinich (Vitolo, 65), Grizmann.
Espanol – Lopes, Duarte, David Lopes, Vila (Pedrosa, 82), Naldo (Melendo, 72), Granero, Darder, Rosales, Iglesias, Garsiya (Pyatti, 70), Baptistao.
Ogohlantirishlar: Oblak (85), Granero (88).