15 noyabr sanasi ma'lumotlariga ko‘ra, jami 19 820 nafar xorij fuqarosi O‘zbekistonga kirish uchun elektron viza so‘rab murojaat qilgan. Shulardan 19 518 nafariga E-VISA berilgan bo‘lsa, yana 280 kishining murojaati o‘rganilmoqda.

Ta'kidlash joizki, E-VISA statistikasi bo‘yicha fuqarolari eng ko‘p O‘zbekistonga kirish istagini bildirgan mamlakat – Xitoy. Bu mamlakatdan kelib tushgan arizalar soni 5601 tani tashkil etgan. Undan keyingi o‘rinda 2023 ta murojaat bilan Hindiston nomi qayd etilgan. Uchinchi pog‘onani esa 1867 fuqarosining murojaati bilan AQSh egallab turibdi.

Shuningdek, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya mamlakatlari fuqarolari ham O‘zbekistonga kirish uchun elektron viza olishni so‘rab murojaat qilganlar orasida ko‘pchilikni tashkil qiladi.