6 noyabr tongida Izer, Il hamda Vilen va Mozel departamentlarida prezident hayotiga xavflar yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvlar asosida Fransiya Ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi tomonidan maxsus reyd tashkil etilgan.

Qo‘lga olinganlar radikal qarashlarga ega shaxslar ekani aytilmoqda. Ular ultrao‘ng kuchlar vakili bo‘lishi mumkin.

Ayni vaqtda prokuratura tomonidan ushbu shaxslarga nisbatan tergov harakatlari boshlangan.