Sovg‘a sifatida Kane Uest prezidentga o‘z brendining oq krossovkalarini taqdim etdi.

O‘z navbatida, Museveni juftlikka ugandacha nomlar bergan: Uestga — Kanesigi, Kardashyanga esa — Kemigisha.

Rep ijrochi Ugandada safar bilan bo‘lib turganidan xursand ekanini bildirib, bu mamlakatni o‘zining ikkinchi uyi sifatida tilga oldi.

Kane Uest va Kim Kardashyan sayyohlikni rivojlantirish uchun Ugandaga kelishdi.