Ispaniya tashqi ishlar vaziri Jozep Borrelning aytishicha, Tramp Madrid bu maqsadda Sahroi Kabirda devor qurishi kerakligini aytgan.
Ispaniya vakillari bu taklifga Sahroi Kabir 4,8 ming kmga cho‘zilishini aytishgan, Tramp esa “bizning Meksika bilan chegaramizdan uzunroqmas”, deb javob qilgan.
Tramp Meksikadan AQShga muhojirlar oqimini to‘xtatish uchun qo‘shni davlat bilan chegarada devor qurishni faol qo‘llab-quvvatlab keladi.











