“Sobiq prezident Elias Antonio Saka pullar va aktivlarni o‘g‘irlash va yuvish uchun 10 yillik qamoq jazosi oldi. U mamlakatning korrupsiya bilan bog‘langan jinoyatlar uchun jazolangan birinchi sobiq prezidenti bo‘ldi”, deb aytilgan Salvador prokuraturasi bayonotida.

Saka 2016 yil oktabrda korrupsiya va davlat mablag‘larini xarjlab yuborish gumoni bilan hibsga olingan. U prezident vakolati tugashigacha hisob raqamida turgan 5 mln dollar qayerdan olinganini izohlab bera olmagandan keyin noqonuniy boyishda ayblangan.

Saka Salvador prezidenti lavozimini 2004 yildan 2009 yilgacha egallagan.