Portal ma'lumotlariga ko‘ra, voqea payshanba, 6 sentabr kunning ikkinchi yarmida sodir bo‘lgan.
«Hammasi IIB hovlisida sodir bo‘ldi. Xodim o‘z boshlig‘i - vzvod komandirini otib o‘ldirdi. Tergov ishlari boshlandi», - deya ma'lum qildi Jo‘lamanov.
Uning ta'kidlashicha, serjant hozirgi vaqtda qo‘lga olingan.
Viloyat politsiyasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, vzvod komandiri shifokorlar kelishidan oldin hayotdan ko‘z yumgan.
Ta'kidlanishicha, halok bo‘lgan vzvod komandiri 29 yoshda, serjant esa - 24 yoshda bo‘lgan. Ularning o‘rtasidagi mojaro sababi hozircha noma'lum.











