Ma'lum bo‘lishicha, endilikda termaning sardorlik bog‘ichi «PSJ» hujumchisi Neymarga tegishli bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 vaqtida Tite sardorlar rotatsiyasini amalga oshirgan edi.

Besh karra jahon chempioni bo‘lgan jamoa bugun AQSh terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan ertaga tonggi soat 4:30 da boshlanadi.