«Men hech qachon o‘yinga qaytmayman. Hech qachon. Men odamlarga siz ko‘proq narsani qilishingiz mumkin ekanligini ko‘rsatish uchun bu yerga keldim», - deya Brayantning so‘zlarini keltiradi Bleacher Report tvitter-akkaunti.
39 yoshli Brayant butun faoliyatini «Los-Anjyeles Leykers»da o‘tkazdi. Ligadagi 20 mavsum davomida u Milliy basketbol assotsiatsiyasining besh karra chempioniga aylandi va tarixdagi eng samarali o‘yinchilardan biri deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kobi Brayant muvaffaqiyatli sarmoyalar tufayli 200 mln dollar ishlab olgandi.











