U 2008 yilda Michigan shtati qonunchilik organidagi dastlabki musulmon ayol bo‘lgandi.
Michiganda bo‘lib o‘tgan dastlabki saylovlarda u besh nafar partiyadoshidan ko‘ra ko‘proq ovoz oldi.
Nashrning yozishicha, Tlaib kongressda qator takliflarni, xususan, barchaga tibbiy sug‘urta berilishi, minimal ish haqini soatiga 15 dollar miqdorida belgilash, AQSh immigratsion-bojxona politsiyasini yopish takliflarini olg‘a surmoqchi.











