«Hozirgina Lebrondan televideniyedagi eng ahmoq odam, Don Lemon intervyu oldi. U shunday qildiki, Jyeyms xuddi aqllidek ko‘rindi, bu esa oson ish emas. Menga Maykl Jordan yoqadi», - deb yozgan Tramp tvitterdagi sahifasida.

Avvalroq, Jyeyms AQSh prezidentini tanqid qilib chiqqandi. Basketbolchining ma'lum qilishicha, AQSh yetakchisi milliy sportdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Trampning o‘g‘li tahdidlar va uyda «paydo bo‘lgan» oq kukun haqida gapirgandi