Bu haqda CNN'ga ismi sir qolish sharti bilan ma'lumotlarni yetkazgan manbaning ta'kidlashicha, Koen Robert Myuller olib borayotgan tergov harakatlarida faol bo‘lishni bildirib, o‘ziga ma'lum voqealarni aytib berishini bildirgan.
«Unga ishonib bo‘lmaydi. Agar ular Koenga ishonishsa, barcha ishlari barbod bo‘ladi», deydi prezidentning amaldagi huquqshunosi Rudi Gilayni.
Hozircha hech kim Koenning so‘zlarini tasdiqlay olmadi, advokatning o‘zi ham izoh berishdan tiyilmoqda.











