“Ekstremal qurg‘oqchilik sababli makkajo‘jori yetishtirishda ziyon ko‘rgan 12 ta departamentda “zarg‘aldoq” va 143 ta munitsipalitetda “qizil” trevoga darajasi e'lon qilindi”, deb aytilgan mamlakat fuqarolik mudofaasi bosh boshqarmasi bayonotida. Ma'lum qilinishicha, trevoga gumanitar yordam yetkazishni boshlash uchun e'lon qilingan.
Boshqarma ma'lumotlariga ko‘ra, qurg‘oqchilik mamlakatning kamida 10 ta departamentida 29 kundan beri davom etib kelmoqda.











