Ma'lum qilinishicha, ushbu plyaj Al-Agma tumani yaqinida joylashgan. Mahalliy aholi sohilning bu qismini baxtsiz hodisalar ko‘p yuz berishi tufayli “o‘lim qirg‘og‘i” deb nomlashgan. Bu yerda cho‘miluvchilar murakkab va kuchli oqimlar tufayli dengizga g‘arq bo‘lmoqdalar. Bir haftaning o‘zida bu yerda 21 kishi cho‘kib ketgan.   

Mahalliy aholi va sayyohlarga plyajdan foydalanish taqiqlab qo‘yilgan, shahar xizmatlariga esa odamlarning sohilga yaqinlashishini to‘liq to‘sib qo‘yish buyurilgan.