XV Osiyo chempionatida 29 davlatdan 300 dan ortiq karate ustasi raqobatchilik qilishadi. Bugun, 13 iyul kuni Jahon chempionlari, jahon reytingi yetakchilari va Osiyo davlatlaridan g‘oliblar birinchi darajali musobaqasini o‘tkazishadi.
O‘zbekiston karate Milliy Federatsiyasi rahbari Nurxon Nafasov Butunjahon karate federatsiyasi Prezidenti Antonio Espinoz va tashkilot Bosh kotibi Toshixasa Nagura bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda O‘zbekistondagi karate rivoji, sportning ushbu turini ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida suhbat bo‘lib o‘tdi.









