«Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalarni chekishni cheklash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga mas'ul shaxslar va ularning majburiyatlari belgilanmoqda», deydi Gavhar Alimova.

28 iyun kuni o‘z ishini boshlagan O‘zbekiston Respublikasi Senatining XV yalpi majlisida senatorlar «Jamoat joylarida chilim va elektron sigaretalarni chekish to‘g‘risida»gi qonunni ma'qullashdi.

Muhokama etilayotgan qonun tadbirkorlik sub'yektlari zimmasiga yangi majburiyatlarni yuklayotganligi hamda ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilayotganligi bois «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq u rasman e'lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tib kuchga kiradi

Bundan avval KUN.UZ'da chilim turli kasalliklarni keltirib chiqarishiga doir maqola chop etilgan edi. Unda aytilishicha, chilim chekish yurak-qon tomir kasalliklari, saraton, infeksiyalarni keltirib chiqarishi, shuningdek tug‘ilajak bolalar salomatligiga xavf solishi haqida ma'lum qilingan..